Durov WhatsAppni tanqid qildi
Telegram asoschisi Pavel Durov yana WhatsApp (egasi — Meta kompaniyasi)ga tanqid toshlarini yog‘dirdi.
«2026 yilda WhatsAppning xavfsizligiga kallasi yo‘q odamgina ishonadi. Biz ushbu messenjerning «shifrlash» tizimi qanday ishlashini tahlil qildik va hakerlik hujumlari uchun ko‘plab zaif nuqtalarni aniqladik», — deb yozdi Durov o‘z sahifasida.
Bungacha Durov WhatsApp ma’muriyatini telegram-kanallarda o‘z loyihasini (Telegramni) yomonlovchi soxta sharhlarni sotib olishda ayblagan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter