DXM xodimlari uchun «Mahorat darslari» tashkil etilmoqda
Aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va amalga oshirilayotgan islohotlar tub mohiyatini yetkazish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari xodimlari uchun «Mahorat darslari» tashkil etilmoqda.
Ayni paytda Davlat xizmatlari agentligi mas’ullaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, ular tasdiqlangan jadval asosida respublikamizning barcha tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari xodimlarini sayyor tartibda o‘qitish choralarini ko‘radilar.
Dastlabki manzil mamlakatimiz janubi — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter