DXX Buxoroda simob sotayotgan shaxslarni qo‘lga oldi

DXX Buxoro viloyati boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasining kontrabanda bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida yashovchi O.S. 540 gr. simob moddasini 50 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bundan tashqari, Buxoroda yana shunday bir holatning oldi olindi.
Xususan, Jondor tumanida yashovchi F.X. 3 kg 60 gr. simob moddasining har bir kilogrammini 4 ming AQSh dollariga sotishni reja qiladi. Bu borada unga Romitan tumanida istiqomat qiluvchi J.R. vositachilik qiladi.
Ular «Buxoro - Gazli» avtomobil yo‘lida joylashgan avtoturargohda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter