DXX IIB boshlig‘i o‘rinbosarini iPhone 15 Pro Max bilan qo‘lga oldi
DXX Qoraqalpog‘istonda IIB boshlig‘i o‘rinbosarini pora ustida qo‘lga oldi. Bu haqda Vazirlar kengashi xabar berdi.
Qoraqalpog‘istonda fuqaroga tegishli sirni fosh qilib, uni mansab vakolatidan foydalangan holda javobgar qilmoqchi bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari (mayor) tovlamachilikda ayblanmoqda. U bu harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga fuqarodan iPhone 15 Pro Max talab qilgan.
DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Qo‘ng‘irot tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan talab qilingan iPhone 15 Pro Max’ni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter