Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati rahbari va vazirlari bilan uchrashdi

DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati rahbari va vazirlari bilan uchrashdi

© telegram/xavfsizlik

Muzokaralar davomida mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, Afg‘onistonni halqaro munosabatlarning to‘laqonli a’zosiga aylantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

Kecha, 22 iyul kuni, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Kobul shahrida Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi Abdul Haq Vosiq bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar davomida mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, Afg‘onistonni halqaro munosabatlarning to‘laqonli a’zosiga aylantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, O‘zbekiston prezidentining Birlashgan millatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro anjumanlarda afg‘on masalasi bo‘yicha yakdil pozitsiyadagi chiqishlari keltirib o‘tildi.

Shuningdek, muloqotda O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaralarida daxlsizlikni saqlash, chegara punktlarida kirish-chiqish rejimini yanada takomillashtirish, narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga hamda terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shu kuni Afg‘oniston mudofaa vaziri Mullo Muhammad Yoqub hamda ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

“Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik ruhida rivojlantirishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring