Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Rossiyada o‘zbekistonlik fuqaroni qo‘lga oldi

DXX Rossiyada o‘zbekistonlik fuqaroni qo‘lga oldi

Foto: DXX

Rossiya Federatsiyasida mavsumiy ishlashi davrida internet tarmog‘i orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar ta’siriga tushib, qo‘poruvchilik harakatini sodir qilish maqsadida Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan fuqaro qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Rossiyada qo‘lga olingan va O‘zbekistonga olib kelingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring