Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Tojikistonga dollar olib chiqib ketayotganlarni qo‘lga oldi

DXX Tojikistonga dollar olib chiqib ketayotganlarni qo‘lga oldi

Videodan lavha

Tezkor tadbirda Bekobod shahridagi «Kazarma» soddalashtirilgan o‘tish punkti orqali ko‘p miqdordagi valyuta qimmatliklarini qo‘shni davlatga noqonuniy olib chiqib ketishga uringan 2 nafar fuqaro ushlandi.

Bekobod shahrida yashovchi ayolning yonida 166 ming AQSh dollari va uning sherigi, ayolning yonida esa 190 ming AQSh dollari, jami 356 ming AQSh dollari borligi aniqlandi.

Ular tojikistonlik Mahmud ismli shaxsning iltimosiga ko‘ra xorijiy valyutani Bekobod shahrida noma’lum shaxslardan olib, o‘z kiyimlariga yashirgan holda, ma’lum bir xizmat haqi evaziga Tojikiston Respublikasiga olib chiqib ketayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring