DXX tomonidan Call-markazi ishga tushirildi

DXX Call-markazi ishga tushirildi.
DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz (1520 qisqa raqami) faoliyat yurita boshladi.
Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi:
- O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlar haqida;
- Davlat chegarasini qo‘riqlanishi va himoya qilinishiga bo‘ladigan tahdidlar;
- Qurolli Kuchlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar;
- terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoiy guruhlarga oid;
- qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar haqida;
- davlat manfaatlariga tahdid soluvchi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar yuzasidan;
- milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etish;
- davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga doir boshqa axborotlar.
Murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter