Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi

DXX Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi

24 yoshli fuqaro narkokur’yerlar tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xufiyona joyga qoldirib ketilgan 3 kg. 906 gr. «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

U ushbu giyohvandlik moddasini Olmazor tumanida yashovchi ayolning ko‘rsatmasiga asosan olganligini ma’lum qildi. Mazkur ayol ijaraga olgan xonadonda narkotik moddalarni kichik bo‘laklarga bo‘lib, internet orqali sotuvga chiqarish uchun sharoit yaratilganligi aniqlangan.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 2 nafar fuqaro narkokur’yerlar tomonidan Toshkent tumanidagi xufiyona joyga yashirib ketilgan 927 gr. «Metamfetamin» vositasini olgan vaqtlarida ushlangan.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ikki nafar fuqaro uchinchi shaxslar tomonidan yashirib ketilgan 857 gr. «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtlarida ushlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring