DXXning bir guruh xodimlari mukofotlandi

DXX markaziy apparatida O‘zbekiston Prezidentining Farmoniga muvofiq, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan bir guruh xodimlarga ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda DXX raisi A.Azizov II-darajali «Shon-sharaf», «Mardlik» ordenlarini, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun» va «Shuhrat» medallarini o‘z egalariga topshirdi.
Jumladan, «COVID-19» pandemiyasi davrida yuksak jasorat ko‘rsatgan DXX tibbiy tuzilmalari xodimlari ham taqdirlandi. Ularga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni hamda «Sog‘lom turmush» medali topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas