YChL. Pley-off: «Galatasaroy» «Yuventus»ni tor-mor etdi, «Real» va «PSJ» muxlislarini xursand qildi
Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi dastlabki to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Galatasaroy» o‘z maydonida «Yuventus»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. «Real Madrid» Lissabonda «Benfika»dan ustun keldi. «PSJ» safarda «Monako»ga qarshi bahsda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Atalanta»ni qabul qilgan «Borussiya Dortmund» esa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolib, javob o‘yini oldidan muhim ustunlikka ega bo‘ldi.
YChL. PLEY-OFF (Dastlabki o‘yinlar)
Galatasaroy — Yuventus 5:2
Gollar: Sara (15), Lang (49, 75), Sanches (60), Boe (86) — Kopmeyners (16, 32).
Chetlatish: Kabal (67, «Yuventus»).
Benfika — Real Madrid 0:1
Gol: Vinisius (50).
Monako — PSJ 2:3
Gollar: Balogun (1, 18) — Due (29, 67), Hakimi (41).
Noaniq penalti: Vitinya (22, «PSJ»).
Borussiya D — Atalanta 2:0
Gollar: Girassi (3), Bayer (42).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter