YeChL: Myunxenga ikkinchi chiptani PSJ qo‘lga kiritdi

Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi doirasida kechgan PSJ – Arsenal uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi.
Uchrashuv londonliklar ustunligida boshlandi. Biroq taym o‘rtalariga kelib mezbonlar standart vaziyatdan unumli foydalandi, Fabian Ruiz super zarba bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Ushbu goldan so‘ng Arsenal yanada hujumkor o‘yin namoyish qildi, biroq himoya hududi ochiq qolavergach, biroz ehtiyotkor o‘yin namoyish qila boshladi. Ikkinchi bo‘limda parijliklar dastlab penalti ishlab oldi, biroq Vitinia 11 metrlik nuqtadan unumli foydalana olmadi. Ushbu vaziyatdan so‘ng ko‘p o‘tmay qarshi hujumda Ashraf Hakimi hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yin yakuniga yaqin Arsenal hisobni qisqartirdi biroq 2:1 hisobi o‘yin tugagunga qadar o‘zgarmadi va PSJ ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (3:1) finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, kecha, 6-may kuni «Inter» «Barselona»ni mag‘lub etib, «Allianz Arena»da bo‘lib o‘tadigan dastlabki finalchiga aylangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi finali 31-may kuni tunda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter