Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL qur’a: «Real Madrid» yana «Inter» bilan, Messisiz «Barsa» «Bavariya» bilan bir guruhga tushdi

YeChL qur’a: «Real Madrid» yana «Inter» bilan, Messisiz «Barsa» «Bavariya» bilan bir guruhga tushdi

Foto: «Sport.bigmir.net»

Turkiyaning Istanbul shahrida Chempionlar ligasining 2021-2022-yil mavsumi uchun guruh bosqichiga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra YeChL guruhlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

«A» guruhi: «Manchester Siti», PSJ, «RB Leypsig», «Bryugge».

«B» guruhi: «Atletiko», «Liverpul», «Portu», «Milan».

«C» guruhi: «Sporting», «Borussiya» (Dortmund), «Ayaks», «Beshiktosh».

«D» guruhi: «Inter», «Real Madrid», «Shaxtyor», «Sherif».

«E» guruhi: «Bavariya», «Barselona», «Benfika», «Dinamo» (Kiyev).

«F» guruhi: «Vilyarreal», «Manchester Yunayted», «Atalanta», «Yang Boyz».

«G» guruhi: «Lill», «Sevilya», «Zalsburg», «Volfsburg».

«H» guruhi: «Chelsi», «Yuventus», «Zenit», «Malmyo».

Shuningdek, marosimda YeChLning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshilar ham e’lon qilindi.

Jorjino («Chelsi») – 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan bo‘lsa, Tomas Tuxel («Chelsi») – 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi, Erling Xoland («Borussiya» Dortmund») – 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi hujumchisi, N’Golo Kante («Chelsi») – 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi, Ruben Diash («Manchester Siti») – 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi himoyachisi, Eduar Mendi («Chelsi») – 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichi o‘yinlari 14-15-sentyabr, 28-29-sentyabr, 19-20-oktyabr, 2-3-noyabr, 23-24-noyabr, 7-8-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Turnir finali 2022-yil 28-may kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring