Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL. «Sherif»ning to‘xtatilishi, mehmonga kelgan «Milan», «Ayaks»dan master-klass, Messi va Salohning dubli va boshqalar

YChL. «Sherif»ning to‘xtatilishi, mehmonga kelgan «Milan», «Ayaks»dan master-klass, Messi va Salohning dubli va boshqalar

Foto: «Football.ua»

19-oktyabr sanasida UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichlarida 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Deyarli barcha o‘yinlar gollarga boy bo‘ldi, sakkizta o‘yinning to‘rttasida mezbonlar, to‘rttasida mehmonlarning qo‘li baland keldi.

«Manchester Siti» safarda oson g‘alabaga erishdi, PSJ»ni esa Messi o‘n bir metrlikdan kiritgan gol qutqarib qoldi. Xuddi shu ishni Muhammad Saloh ham takrorlab, o‘z jamoasiga qimmatli ochkolarni keltirdi.

«Katta tanaffus»dan qaytgan «Milan»ning ishlari yurishmayapti — qatorasiga uchinchi mag‘lubiyat. «Beshiktosh» ham turnir bilan xayrlashishga yaqin. Amsterdamda «Ayaks» dortmundlik raqibiga futbol jamoaviy ekanini eslatib qo‘ydi.

Jasurbek Yaxshiboyevsiz o‘ynagan «Sherif» ilk mag‘lubiyat alamini tortdi. Bu turda safarda eng yirik g‘alabani nishonlagan «Real Madrid» turnirning asl egasiligini isbotlamoqchidek.

A guruhi

«Bryugge» «Manchester Siti» 1:5

Gollar: 0:1 – Kanselu (30), 0:2 – Mahrez (43, penalti), 0:3 – Uoker (53), 0:4 – Palmer (67), 1:4 – Vanaken (81), 1:5 – Mahrez (84).

«PSJ» – Leypsig 3:2

Gollar: 1:0 – Mbappe (9), 1:1 – Andre Silva (28), 1:2 – Mukiyele (57), 2:2 – Messi (67), 3:2 – Messi (74, penalti).


B guruhi

«Atletiko» – «Liverpul» – 2:3

Gollar: 0:1 – Saloh (8), 0:2 – Keyta (13), 1:2 – Grizmann (20), 2:2 – Grizmann (34), 2:3 – Saloh (78, penalti).

Chetlatish: Grizmann (52).

«Portu»«Milan» – 1:0

Gol: 1:0 – Dias (65).


C guruhi

«Beshiktosh»«Sporting» – 1:4

Gollar: 0:1 – Koates (15), 1:1 – Larin (24), 1:2 – Koates (27), 1:3 – Sarabiya (44, penalti), 1:4 – Paulinyu (89).

«Ayaks»«Borussiya D» 4:0

Gollar: 1:0 – Roys (11, avtogol), 2:0 – Blind (25), 3:0 – Antoni (57), 4:0 – Aller (72).


D guruhi

«Shaxtyor»«Real M» 0:5

Gollar: 0:1 – Krivsov (37, avtogol), 0:2 – Vinisius (51), 0:3 – Vinisius (56), 0:4 – Rodrigo (64), 0:5 – Benzema (90+1).

«Inter» «Sherif» – 3:1

Gollar: 1:0 – Jeko (34), 1:1 – Till (52), 2:1 – Vidal 58), 3:1 – De Vrey (67).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring