YChL yangi mavsumi qiyin g‘alabalar va alamli mag‘lubiyatlar bilan boshlandi

Kecha oqshom UEFA Chempionlar ligasi yangi mavsumiga start berilib, oltita o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Favorit jamoalar uchun 1-tur oson kechmadi: «Real» maydonda 10 kishi bo‘lib qolganiga qaramasdan, kambek evaziga qiyin g‘alabaga erishdi, «Yuventus»ni esa qo‘shimcha daqiqalardagi dubl mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Eng kutilmagan hisob Eyndhoven va Lissabonda qayd etildi: nomi chiqmagan «Yunion Sent-Jillua» «PSV»ni tor-mor etdi, «Qorabog‘» esa «Benfika»dan uch ochkoni tortib oldi.
1-tur natijalari
Atletik — Arsenal 0:2
Gollar: Martinelli (72), Trossar (87).
PSV — Yunion 1:3
Gollar: van Bommel (90) — David (9, penalti), Al Haj (39), Mak Allister (81).
Benfika — Qorabog‘ 2:3
Gollar: Barranechea (6), Pavlidis (16) — Andrade (30), Duran (48), Kashchuk (86).
Yuventus — Borussiya D 4:4
Gollar: Yildiz (63), Vlaxovich (67, 90+4), Kelli (90+6) — Adeyemi (52), Nemecha (65), Kuto (74), Bensebayni (pen. 86).
Real — Marsel 2:1
Gollar: Mbappe (pen. 28, 81) — Vea (22)
Tottenhem — Vilyarreal 1:0
Gol: Luis Junior (avtogol, 4)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter