Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Egasi vafot etgan xonadonni sotgan firibgarlar qo‘lga olindi

Egasi vafot etgan xonadonni sotgan firibgarlar qo‘lga olindi

Foto: «Google.com»

2019 yil 29 may kuni Toshkent shahrida egasi vafot etgan xonadonni sotgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, 2018 yil 8 oktyabr kuni Sergeli tumani Sputnik 8-dahada yashovchi 50 yoshli S.A., Chilonzor tumanida yashovchi 44 yoshli N.Ya. va 47 yoshli N.M.lar marhuma 72 yoshli Ye.L. ismli ayolni 2015 yilda vafot etganligini bila turib, uning nomidagi xonadon hujjatlarini qalbakilashtirib, ushbu xonadonni Chilonzor tumanida yashovchi 34 yoshli N.U. imsli ayolga 22 500 AQSh dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.A., N.Ya. va N.M.lar ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring