Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Egizaklarning to‘yida bir «sir» ochildi

Egizaklarning to‘yida bir «sir» ochildi

Foto: SCMP

Xitoyda noodatiy to‘y o‘tkazildi: egizak aka-uka egizak opa-singil bilan turmush qurishdi. Aslida buning ajablanarli tomoni yo‘q, ammo to‘y kuni bir yangilikni bilib qolishdi: kelin va kuyovlarning amakilari ham egizaklar ekan.

Kelin-kuyovlar — opa-singil Shanlar aka-uka Sunlar 2022-yilda tanishishgan.

To‘rt juft egizakning to‘y kuni birgalikda tushgan surati Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida 10 mln marotaba tomosha qilindi. SCMP yozishicha, kelin va kuyovlar Anxoy muzofotining Fuyan shahridan, ular bir-birlarining egizak amakilari borligini to‘y kunigacha bilishmagan.

Xabarga ko‘ra, har ikki oila to‘rt juft egizagi bor oila sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirishga umid qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring