Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyojlar piramidasi yoki issiq va sovuq uy, qulaylik va noqulaylik, mehr-muhabbat... zinalari

Ehtiyojlar piramidasi yoki issiq va sovuq uy, qulaylik va noqulaylik, mehr-muhabbat... zinalari

Foto: «Staff-online.ru»

Kecha

Ertalab xonalar shu qadar muzlagan bo‘lardiki, og‘zingdan bug‘ chiqardi — ko‘rpaning ichidan chiqish eng og‘ir yumush edi. Chunki muzday suvga yuzni yuvish undanda yoqimsizroq edi. Onamning ko‘zini ochib o‘ylagani menimcha o‘tinxonadan tappi, tezak olib kelish va pechkani yoqish bo‘lgan. Axir bolalar maktabga borgunicha pechkaning ustida qorakuyadan qorayib ketgan chovgumga choy qo‘yish va uni qaynatish kerak. Pechkaning bir chekasida temir kosadagi kechagi ovqat — bu otamga. Biz bolalar bo‘lsa kuvida olingan sariyog‘, bo‘lmasa oqimtir shirin choyni ichib maktabga otlanamiz. Agar bo‘ron, sovuqda chiroq o‘chib qolgan bo‘lsa, kerosin solingan lampa yoki sham yorug‘ida papkangni topasan, kiyinasan. Maktabga kirib borishing bilan ko‘mir yoqilgandagi hid dimog‘ingga uriladi. Katta-katta xonalar birrov qiziydi, o‘t o‘chgach yana sovib ketadi, shuning uchun paltongni va telpagingni yoki ro‘molingni yechmaysan. O‘qituvchimning xayolida tezroq darslar tugasa-yu, uyiga otlansa, ertalab yoqqan va tushdan keyingacha sovib ulgurgan pechkani yoqish, oila a’zolarga ovqat tayyorlash...

Ehtiyojlar piramidasi

Amerikalik psixolog Avraam Maslou inson ehtiyojlari borasida soddalashtirilgan ehtiyojlar piramidasini ishlab chiqqan. Piramidaning pastki va eng keng qismi insonning fiziologik ehtiyojlari — ochlik, tashnalik, sovuq, havo, yetarli uyqu, sog‘liqning qondirilishi zinasi. Keyingisi xavfsizlik ehtiyojlari — qulaylik, yashash sharoitlarining doimiyligi va muvaffaqiyatizlikdan xalos bo‘lish, undan yuqori — mehr va muhabbat, ya’ni ijtimoiy guruhga mansublik. Keyingi qadam hurmat va ma’qullash zarurati bo‘lib, Maslou kognitiv ehtiyojlarni (bilimga chanqoqlik, iloji boricha ko‘proq ma’lumotni qabul qilish istagi) qo‘ygan. Buning ortidan estetikaga bo‘lgan ehtiyoj (hayotni uyg‘unlashtirish, uni go‘zallik va san’at bilan to‘ldirish istagi) paydo bo‘ladi. Va, nihoyat, piramidaning oxirgi bosqichi, eng yuqorisi, ichki potensialni ochib berishga intilish (o‘z ustida ishlash, o‘zini kashf qilish). Uning ta’kidlashicha, har bir ehtiyoj to‘liq qondirilishi shart emas — keyingi bosqichga o‘tish uchun qisman to‘yinganlik yetarli. «Men mutlaqo aminmanki, odam faqat non bo‘lmagan sharoitda non xayoli bilan yashaydi», deb tushuntirmoqchi Maslou. Lekin non mo‘l, qorni doim to‘q bo‘lsa, insonning intilishlari nima bo‘ladi? Yuqori ehtiyojlar paydo bo‘ladi va endi bizning tanamizni fiziologik «ochlik» emas, balki ular, ya’ni yuqori ehtiyojlar boshqaradi. Ba’zi ehtiyojlar qondirilsa, boshqalari paydo bo‘ladi, ko‘proq va yuqoriroq. Shunday qilib, asta-sekin, bosqichma-bosqich inson o‘z-o‘zini rivojlantirish zarurati paydo bo‘ladi, ya’ni ularning eng yuqorisi. Maslouning fikricha, ideal baxtli jamiyat, eng avvalo, qo‘rquv va xavotirga hech qanday asos bo‘lmagan to‘q odamlar jamiyatidir.

Bugungi kun

Bugun odamlarning hayotini yaxshilash uchun hukumat tomonidan O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi amalga oshirilmoqda. Bundan maqsad «ijtimoiy himoya yagona reyestri» orqali kambag‘al aholining ijtimoiy himoyasini to‘liq shakllantirish, kambag‘al aholining ish bilan bandligiga to‘liq erishish, ularga ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olishi uchun boshlang‘ich badal va subsidiyalar to‘lab berish kabi barcha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish orqali 2030-yilga borib kambag‘allik darajasini ikki barobarga qisqartirishga erishish nazarda tutilmoqda. Bu chora-tadbirlar orasida «ayollar daftari», «temir daftar», «yoshlar daftar»ini varaqlab ko‘rsangiz, qaysidir xonadonga 10 ta tovuq yoki qo‘y, yoki bir ikki bosh qoramol berilayotganining guvohi bo‘lasiz. Yana kimlargadir kredit ajratilmoqda. Ammo bu kambag‘allikka barham beradimi? Kimgadir berilgan o‘nta tovuq faqatgina qorinni to‘ydirish ehtiyojinigina qondiradi. Maslou ta’biri bilan aytganda, hattoki bu «motivatsiya»lar bilan beshinchi zinaga ham chiqib borolmaymiz. Ayni damda sobiq SSSR davridagi hayotimiz davom etayotgandek, bir hamkasbim aytganidek, o‘sha paytiyam 10 ta qo‘yimiz, tovuqlarimiz bo‘lgan, lekin biz boy yashamaganmiz. Bu qo‘ylar yoki tovuqlarni sotib, biror inson na sayohatga chiqolmagan, na mashina sotib ololmagan... Piramidaning eng baland cho‘qqilaridan biri — hayotni go‘zallik va san’at bilan uyg‘unlashtirish zinasigacha chiqib borish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Sobiq SSSR davridan beri qishloqlarimiz gazsiz, svetsiz yashab kelmoqda, demak, issiq uy kabi qulaylik haqida, sharoit haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Nimaga rivojlanmayapmiz, degan savolga aynan hududlarimizga chiroq va gazning yetib bormayotgani, odamlar butun qish davomida faqat uyini isitish ehtiyoji haqidagina o‘ylashga majburligi qisman javob bo‘la oladi, deb o‘ylayman. Ishsizlik, uzzu kun faqat tirikchilik, bugun kunning o‘tishi haqida o‘ylash aynan xalqimizning yettinchi fiziologik ochlik, tashnalik, sovuq kabi ehtiyojlarinin

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring