Yevropa ittifoqi mamlakatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketini bir ovozdan qabul qildi

Yevropa ittifoqi mamlakatlari Rossiyaga katta zarar yetkazadigan sanksiyalar paketi qabul qilinishini bir ovozdan yoqladi, dedi tashkilotning xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.
Borrelning aytishicha, Donbassning mustaqilligi uchun ovoz bergan Gosduma (Davlat dumasi)ning 351 nafar deputati Yevropa ittifoqi qora ro‘yxatiga kiritildi.
Rossiyaning Donbassdagi amaliyotlarini moliyalashtirayotgan 27 jismoniy va yuridik shaxs, jumladan, bank va tashkilotlar ham qora ro‘yxatga kiritilgan.
RF prezidenti Yevropa ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan.
Borrel Germaniya «Shimoliy oqim-2» gaz quvurini sertifikatlashni to‘xtatganini olqishladi.
Yevropa ittifoqi Rossiyani muzokaralar stoliga qaytarish uchun, jumladan, BMT va YeXHT doirasida, diplomatik bosimni kuchaytirishda davom etadi, dedi Borrel.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter