Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeI Rossiyani jiddiy tashvishga soladigan tashabbus bilan chiqdi

YeI Rossiyani jiddiy tashvishga soladigan tashabbus bilan chiqdi

Foto: Gazeta.ru

2028-2034-yillarga mo‘ljallangan yangi budjet loyihasida Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqining mudofaa xarajatlarini besh baravar oshirishni taklif qildi.

Jumladan, harakatdagi harbiylarga sarflanadigan xarajatlar o‘n barobar oshiriladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi komisssiyasi rahbari  Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi. 

Mablag‘lar qayta qurollanish, Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarini mustahkamlash va Ukrainaga yordam ko‘rsatishga sarflanadi. "Maqsad - mudofaa qobiliyatimizni sezilarli darajada mustahkamlash va mudofaadagi kamchiliklarni bartaraf etish", dedi fon der Lyayen xonim Latviyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida (Anjuman YeC Youtube kanalida translyasiya qilingan). Qurollanishga zo‘r berish Rossiya tahdidiga qarshi chora sifatida baholanmoqda. 

2024 yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaa uchun 326 milliard yevro sarfladi (ittifoq yalpi ichki mahsulotining taxminan 1,9 foizi). O‘tgan yili Yevropa Ittifoqining harbiy texnikaga sarflagan mablag‘i 90 milliard yevrodan oshdi.

2021 va 2024 yillar oralig‘ida jamiyat a’zolarining umumiy harbiy xarajatlari 30 foizdan ko‘proqqa oshdi. YeI 2027 yilga kelib xarajatlarni real ko‘rinishda 100 milliard yevrodan ko‘proqqa oshirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring