Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekrani eng yaxshi smartfon aniqlandi

Ekrani eng yaxshi smartfon aniqlandi

Google Pixel 10 Pro XL.

DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari displeyi eng yaxshi smartfonlar reytingini yangilashdi.

Birinchi o‘rin Google Pixel 10 Pro XL smartfoniga berildi.

Google kompaniyasining flagman smartfoni 6,8-dyuymli LTPO OLED-displeyga ega (2992x1334 piksel, yangilanish sur’ati — 1 dan 120 gersgacha). Ekran Gorilla Glass Victus 2 shishasi bilan himoyalangan, HDRni qo‘llaydi, yorqinligi 2200 nitgacha. Qolaversa, juda past yorug‘likda ko‘zga qulaylik uchun yorqinligini 4 nitgacha pasaytirish mumkin.

Ekrani eng yaxshi smartfonlar (top-5):

  1. Google Pixel 10 Pro XL (161 ball)
  2. Samsung Galaxy S25 Ultra va Google Pixel 10 (160 ball)
  3. Google Pixel 9 Pro XL, Google Pixel 9 Pro, Samsung Galaxy S25 Edge (158 ball)
  4. Honor Magic6 Pro va Samsung Galaxy S25 (157 ball)
  5. Google Pixel 9 va Samsung Galaxy Z Fold7 (156 ball)

Apple hatto yigirmalikka ham kirmadi: iPhone 15 Pro Max — 24-o‘rin (151 ball), nisbatan yangi iPhone 16 Pro Max — 29-o‘rin (150 ball).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring