Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elchi soxta ekan...

Elchi soxta ekan...

Foto: Uttar Pradesh politsiyasi / AP

Hindistonda diplomatman deb, odamlarni chuv tushirib yurgan shaxs fosh etildi.

The Guardian yozishicha, 47 yoshli Xarshvardxan Jayn to‘qima davlatlar — «Seborg» va «Vestarktik» (G‘arbiy Arktika) davlatlari maslahatchisi yoki elchisi sifatida o‘zini tanishtirib, odamlarni chet elda yaxshi maoshli ishlarga joylayman deb aldab kelgan.

Jayn Dehli yaqinidagi uyni ijraga olib, xuddi elchixonalar kabi jihozlab, bir nechta davlatlar bayroqlarini osib qo‘ygan.

Tintuv o‘tkazilganida, u davlat rahbarlari bilan tushgan soxta fotosuratlar hamda Hindiston TIV va yana qariyb 30 ta mamlakatning qalbaki muhrlari topilgan.

Soxta elchining qalbaki diplomatik raqamlar o‘rnatilgan to‘rtta avtomobili va 51,5 ming dollar puli musodara qilindi.

Jayn chet eldagi soxta kompaniyalar orqali pul yuvishda ham gumon qilinyapti. Unga o‘zini boshqa shaxs sifatida ko‘rsatish, qalbaki hujjatlar tayyorlash va saqlash bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring