Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov ilk rasmiy o‘yinda g‘alaba golini urdi (video)

Eldor Shomurodov ilk rasmiy o‘yinda g‘alaba golini urdi (video)

Eldor Shomurodov «Roma» tarkibida o‘zining ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi hamda g‘alaba to‘pini kiritdi. Yevropa Konferensiyalar ligasi pley-off saralash bosqichida «Roma» Turkiyada «Trabzonspor» bilan bahs olib bordi.

O‘yinning 81-daqiqasida Eldor qulay imkoniyatdan foydalanib, jamoasiga g‘alaba olib keldi. Javob uchrashuvi 26 avgust kuni Rimda bo‘lib o‘tadi.

O‘yindan keyin intervyuda ushbu golini buvisiga bag‘ishlaganini aytdi. Kecha uning buvisi tug‘ilgan kunini nishonlagandi.

Konferensiyalar ligasi, pley-off, birinchi o‘yin

«Trabzonspor» «Roma» 1-2

Gollar: Pellegrini 55, Cornelius 64, Shomurodov 81.

«Trabzonspor»: Ugurcan Chaqir; Bruno Peres, Edgar Iye, Vitor Hugo, Koybasi (Trondsen 63); Hamshik, O‘zdemir (O‘mur 77), Bakashetash; Jervino (Cornelius 63), Janiny (Koita 83), Nvakayeme.

«Roma»: Rui Patriciu; Karsdorp, Manchini, Ibanez, Vina; Kristante, Vertout (Diavara 90); Zaniolo (Reynolds 93), Pellegrini (Kumbulla 90), Mxitaryan (Perez 82); Shomurodov (Mayoral 82).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring