Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr energetikasi ob’yektlarida xodimlar bilan ishlash qoidalari tasdiqlandi

Elektr energetikasi ob’yektlarida xodimlar bilan ishlash qoidalari tasdiqlandi

Hukumatning 18-oktyabr, seshanba kungi qarori bilan Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari tasdiqlandi.

Mazkur qoidalar bilan elektr energetikasi ob’yektlariga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlarning ishlashini tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari, shuningdek, elektr energetikasi obyektlarida qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar bilan ishlash tartibi belgilandi.

Xodimlarning, shu jumladan, rahbar xodimlarning o‘z kasbi va ish turi bo‘yicha sanoat va yong‘in xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.

Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlar dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Xodimlar bilan ishlash yillik rejalarga muvofiq tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. Xodimlarni (mutaxassislarni) tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini boshqarish korxonaning bosh muhandisiga yuklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring