Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr energiyasi bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi

Elektr energiyasi bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 14-iyun kuni poytaxtimizning ayrim hududlarida elektr energiyasi tunggi soat 01:00 dan tonggi 03:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

Ayni vaqt oralig‘ida mazkur hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi «Xadra» podstansiyasining mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib boriladi.

Ushbu ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

- «Labzak», «Jangoh», «Eshonguzar» va «Kamolon», «Eski shahar», «Qo‘shtut», «Zarhal», «Chig‘atoy», «Shoshiy», «Guzarboshi», «Sebzor», «Yangi sebzor», «Yuqori Sebzor», «Namuna» va «Hofiz Ko‘hakiy» MFYlari hududida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring