Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr va gaz limiti bo‘yicha tadbirkorga yengillik berildi

Elektr va gaz limiti bo‘yicha tadbirkorga yengillik berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Barcha sanoat korxonalari elektr va gazga o‘rnatilgan limit oshib ketsa, to‘lov 2 karra ko‘p undirilayotganidan norozi bo‘lmoqda.

Sanoatimizning o‘sishiga ta’sir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi belgilandi.

Endi, elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi.

Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “o‘rta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Budjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qo‘yilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga to‘lov qila olmayapti. Vaholanki, ishlab chiqarish to‘xtamasa, qarzdorlik tezroq uziladi.

Endilikda “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring