Elektr va gazni iqtisod qilish yo‘llari aytildi
Buxoroda 900 million kilovatt elektr va 400 million kub metr gazni iqtisod qilish imkoni borligi qayd etildi. Bu umumiy iste’molning 20 foiziga teng.
Yirik korxonalarda uskunalarni yangilash va audit o‘tkazish orqali 25 foizigacha elektr va gazni iqtisod qilish mumkin.
Buxoroda 200 ming ko‘chmas mulk ob’yektida kamida 3 kilovattli quyosh paneli o‘rnatib, 600 megavatt quvvat yaratish mumkin. Bu bilan viloyat elektr iste’molining yana 20 foizi iqtisod bo‘ladi.
Lekin, hozirgacha 2 ming xonadon va 750 ta tadbirkor panellar o‘rnatgan bo‘lsa-da, tarmoqqa berilgan elektr uchun bor-yo‘g‘i 292 tasiga puli to‘langani tanqid qilindi. Oqibatda panel o‘rnatganlar rag‘bat sezmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga xonadon, mahalla, panel o‘rnatuvchini bir-biriga bog‘lab, aholiga tushuntirish, panel qo‘yganlarga to‘lovlarni o‘z vaqtida tushirish ishlarini tashkil qilib, yil yakunigacha keskin o‘zgarish qilish topshirildi.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida Prezident qator topshiriqlar berdi.
Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish topshirildi.
Soliq qo‘mitasiga quyosh paneli o‘rnatgani uchun yer va mulk solig‘i imtiyozini qo‘llashdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qo‘yildi.
Suyultirilgan gazni aholiga xususiy sektorni keng jalb qilgan holda yetkazib berish masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritishga ko‘rsatma berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter