Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron hukumat markaziga yangi direktor tayinlandi

Elektron hukumat markaziga yangi direktor tayinlandi

Bugun, 28-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markaziga Aziz Muhitdinov direktor etib tayinlandi.

Aziz Muhitdinov 1985-yil Toshkent shahrida tavallud topgan.

Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya texnologiyalari universitetini tamomlagan. Ma’lumoti oliy.

Iqtisod fanlari nomzodi. O‘z faoliyatini 2008 – 2012-yillarda «O‘zbektelekom» AKda mutaxassis va bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan.

2012 – 2017-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2017-2018-yillarda «UZINFOCOM» DUK direktorining birinchi o‘rinbosari, direktor vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yildan shu kunga qadar «UNICON.UZ» DUK direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring