Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elit OChL. «Paxtakor» «Al-Hilol»ni mag‘lub etdi

Elit OChL. «Paxtakor» «Al-Hilol»ni mag‘lub etdi

Elit Osiyo Chempionlar ligasi nimchorakfinal birinchi o‘yinida «Paxtakor» «Al-Hilol»ni Toshkentda 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Jar» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning 29-daqiqasida Riaskosning uzatmasidan keyin Flamarionning goli poytaxtliklarga javob o‘yini oldidan muhim g‘alabani keltirdi.

Toshkent klubi o‘z tarixida ilk bor Ar-Riyod jamoasini mag‘lub etishga erishdi. «Al-Hilol» joriy mavsum OChLdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi.

Javob bahsi 11-mart kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Elit OChL. 1/8 final. Birinchi o‘yin

«Paxtakor» – «Al-Hilol» – 1:0

Gol: Flamarion, 29.

«Paxtakor»: 19. Jonatan Luiz, 3. Shahzod Azmiddinov, 4. Abdulla Abdullayev, 7. Hojiakbar Alijonov, 8. Diyor Xolmatov (45. Rezan Bashar, 80), 17. Dostonbek Hamdamov (30. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 80), 22. Umar Adhamzoda, 23. Abdurauf Bo‘riyev, 47. Jonatan Lukka, 50. Flamarion, 94. Brayan Riaskos (37. Igor Sergeyev, 55).

«Al-Hilol»: 37. Yassin Bunu, 3. Kalidu Kulibali, 4. Halfan ad-Dovsari, 5. Ali al-Bulayhi (28. Muhammad Kanno‘, 39), 8. Ruben Nevesh, 11. Markos Almeyda, 16. Nosir ad-Dovsari, 22. Sergey Milinkovich-Savich (99. Abdulloh al-Hamiddan, 76), 27. Kayo (24. Moteb al-Harbi, 61), 29. Salim ad-Dovsari, 77. Malkom.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring