Ellik mingdan ortiq livanlik Suriyaga qochib o‘tdi
Ellik mingdan ortiq livanlik qo‘shni Suriyaga qochib o‘tdi. BMT Qochoqlar ishlari oliy komissari Filippo Grandi shunday bayonot berdi.
«Livan hududida yashagan 50 mingdan ortiq livanlik va suriyalik ayni paytgacha Suriyaga qochib o‘tdi. 200 mingdan ortiq odam esa Livanning xavfsizroq hududlariga ketgan», — deb yozdi u.
BMT vakili livanliklar Isroil aviazarbalaridan jon saqlash maqsadida mamlakatdan qochib ketganini ta’kidlagan.
27-sentyabr kuni Isroil armiyasi (SAXAL) matbuot kotibi Daniel Xagari bayonot berib, Livan poytaxtidagi «Hizbulloh» harakati bosh shtabiga aviazarbalar berilganini ma’lum qilgandi. Livan sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, Isroil hujumi oqibatida Bayrutda 76 kishi jarohat olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter