Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elnur Abduraimov meksikalikni birinchi raunddayoq «tinchitdi»

Elnur Abduraimov meksikalikni birinchi raunddayoq «tinchitdi»

Professional bokschimiz Elnur Abduraimov AQShda tashkil etilgan Golden Boy Fight Night boks oqshomida meksikalik Leonel Morenoga (11-3-1,9 KO) qarshi jang o‘tkazdi.

Jang vakant bo‘lib turgan IBF North American kamari uchun tashkil etildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Bokschimizning chap qo‘lda raqib tanasiga bergan kuchli zarbasidan so‘ng meksikalik og‘riqdan yiqilib qoldi va jangni davom ettira olmadi.

Shu tariqa Elnur faoliyatidagi 10-jangida ham raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. U janglarning to‘qqiztasida muddatidan oldin yakunlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring