Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elon Mask bir kunda 13 mlrd dollar yo‘qotdi

Elon Mask bir kunda 13 mlrd dollar yo‘qotdi

Amerikalik biznesmen Ilon Mask o‘zining Tesla kompaniyasining moliyaviy hisobotlari e’lon qilinganidan so‘ng bir kun ichida (20-aprel) boyligining 7 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Kuni kecha SpatseX kompaniyasi dunyodagi eng katta «Starship» raketasini samoga uchirdi. Ammo raketa 38 km balandlikda portlab ketdi.

Bundan tashqari, Maskning boshqa kompaniyasi, elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi «Tesla» daromadi 24 foizga kamayganini ma’lum qildi. Shu fonda kompaniya aksiyalari 9,75 foizga pasaygan.

Shunday qilib, tadbirkorning boyligi 12,6 milliard dollarga qisqardi va 2023 yil boshidan beri dunyodagi eng katta kunlik yo‘qotishga aylandi. Hozirda Maskning boyligi 164 milliard dollarga baholanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring