Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubay amiri sobiq xotinini kuzatish uchun josus yollaganmi?

Dubay amiri sobiq xotinini kuzatish uchun josus yollaganmi?

Foto: «Global Look Press»

Muhammad bin Rashid al-Maqtum va Xaya

London Oliy sudi Dubay amiri shayx Muhammad bin Rashid al-Maqtumning sobiq rafiqasi malika Xaya bint al-Husaynning telefonini buzib kirgani haqida qaror chiqardi. U Pegasus software josuslik dasturi yordamida qurilmani kuzatishni buyurgan. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Sudga ko‘ra, malika va advokatining telefonlari ikki bola vasiyligi bo‘yicha sud jarayonida buzilgan. Ayolning aytishicha, shundan so‘ng o‘zini «ta’qib qilinayotgandek» his qilgan.

Shayx Muhammad barcha ayblovlarni rad etmoqda. Uning fikricha, sud xulosalari unga oshkor qilinmagan dalillarga tayanilgan.

NSO Pegasus dasturiy ta’minoti ko‘pincha «josuslar dasturi» deb ataladi. Uning yordamida telefondan foydalangan odamning joylashuvini kuzatish, uning matnli xabarlarini, elektron pochta xabarlarini va boshqa ilovalarni o‘qish, shuningdek, telefon qo‘ng‘iroqlarini tinglash va kontaktlar ro‘yxatiga kirish imkonini beradi. Bu xakerga shaxsning barcha ma’lumotlariga to‘liq kirish imkonini taqdim etadi.

Avvalroq Dubay valiahd shahzodasi Hamdan ibn Muhammad Al Maqtum O‘zbekistondagi lochin oviga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring