Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emlangan odam «omikron» shtammini yuqtirganini qanday bilish mumkin?

Emlangan odam «omikron» shtammini yuqtirganini qanday bilish mumkin?

Foto: «Ferra»

London Qirollik kolleji professori Tim Spektorning aytishicha, vaksina qabul qilganlar «omikron» shtammini yuqtirganida koronavirusdagi odatiy simptomlardan tashqari, o‘zgacha alomatlar ham paydo bo‘ladi.

Odatda kovid-bemorlarda tananing yuqori harorati, yo‘tal, hid va ta’m bilishning yo‘qolishi kabi alomatlar kuzatiladi. «Omikron» shtammini yuqtirgan barcha bemorlarda esa, bulardan tashqari, holsizlanish, tumov va burunning bitishi kabi alomatlar uchraydi.

Biroq tibbiyot mutaxassislari faqat koronavirusga qarshi emlanganlar orasida kuzatilgan ikkita simptomni qayd etishdi. Spektorning ta’kidlashicha, bu ishtahaning yo‘qolishi va ko‘ngil aynishi. Ayrim holatlarda tomoq va bosh og‘rishi mumkin. Biroq emlanganlarda hech qachon bu simptomlar bilan birga yuqori tana harorati kuzatilmagan.

Oxirgi sanab o‘tilgan alomatlar vaksina qabul qilganlar «omikron»ni yuqtirib olganida yuzaga chiqadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring