Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emlash dasturiga 172 mamlakat qo‘shildi

Emlash dasturiga 172 mamlakat qo‘shildi

Foto: «Blog.tipranks.com»

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmiga 172 davlat qo‘shildi. Bu haqda dushanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Ayni paytda portfelda to‘qqizta preparat borligi ta’kidlanmoqda.

Ushbu mexanizm barcha a’zo mamlakatlarning litsenziyalangan va tasdiqlangan vaksinalardan teng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

JSST bosh direktorining aytishicha, hamkorlikka kirish so‘rovi bilan xatlar o‘tgan haftada barcha mamlakatlarga yuborilgan.

Tedros Adanom Gebreyesusning fikricha, vaksinatsiyaning boshlang‘ich bosqichida vaksinalar yetkazib berish cheklangan bo‘ladi. Shunda birinchi navbatda xavf-xatar yuqori bo‘lgan shaxslar vaksina bilan ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring