Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emmanuel Adebayor «Paxtakor»ga o‘tmoqda — turk matbuoti

Emmanuel Adebayor «Paxtakor»ga o‘tmoqda — turk matbuoti

Foto: «newsdum.blogspot.com»

Turkiyaning «Kayserispor» klubi hujumchisi Emmanuel Adebayor Toshkentning «Paxtakor» klubi safiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning «Milliyet» nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, 35 yoshli nomdor hujumchi 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan «Beshiktosh»— «Kayserispor» (4:1) o‘yinidan keyin klubi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Shu kuni u jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan.

Afrikalik hujumchi «Paxtakor» safiga o‘tish masalasida Shota Arveladze bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.

Emmanuel Adebayor o‘z vaqtida APLning «Arsenal», «Manchester Siti», «Tottenxem» hamda La Liganing «Real» Madrid safida to‘p surgan. 2016-yildandan buyon Turkiya chempionatida to‘p surib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring