Emmanuel Makron Samarqandda tantanali kutib olindi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Bugun, 2-noyabr kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Fransiya yetakchisini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.
Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi.
Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan tantanali yurib o‘tdi.
O‘zbekiston va Fransiya Prezidentlari rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Hozirda oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter