Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emomali Rahmon ham Mirziyoyevni referendumning muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi

Emomali Rahmon ham Mirziyoyevni referendumning muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan Sizni va butun qardosh O‘zbekiston xalqini tojik xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan tabriklayman.

Referendum yakunlari Sizning jamiyatni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mamlakatda davlatchilikni mustahkamlashga qaratilgan strategik yo‘nalishingizga bo‘lgan O‘zbekiston xalqining yuksak ishonchi va kuchli qo‘llab-quvvatlovini yana bir bor tasdiqlaydi», – deyiladi Tojikiston prezidenti tabrigida.

Emomali Rahmon, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot tilagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1-may kuni ushbu mazmundagi tabriklar Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ham bildirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring