Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emomali Rahmon Tojikistonning chegara hududlari aholisini ogohlantirdi

Emomali Rahmon Tojikistonning chegara hududlari aholisini ogohlantirdi

Foto: toptj.com

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Xatlon viloyati Farxor tumani aholisini ogohlikka chaqirdi. Bu haqda «Xovar» AA xabar berdi.

Mamlakat prezidenti Farxor tumani Afg‘oniston hududi bilan chegaradoshligini eslatgan.

«Taxminlarga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat murakkabligicha qolaveradi», degan u.

Ta’kidlanishicha, respublika hukumati aholi xavfsizligini ta’minlash va davlat chegarasini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.

Tojikiston hukumatining Afg‘onistondagi yangi hukumatga nisbatan keskin pozitsiyasi ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishiga olib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring