Endi hokimlarni deputatlar tasdiqlaydi
2022 yil martgacha tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzodlar mahalliy deputatlar tasdig‘i bilan lavozimga tayinlanadi. Bu yilgi davlat dasturida shu haqdagi hujjat loyihasi ishlab chiqilishi topshirilgan.
Unga ko‘ra, mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish belgilangan. Ya’ni hokimlikka nomzod mahalliy Kengashda hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini himoya qilib, lavozimga tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, mahalliy Kengashlarning Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalari bilan aloqalari mustahkamlanadi.
Hududlarda amalga oshiriladigan davlat organlarining vazifalari bo‘yicha «vakolatlar reyestri»ni shakllantirish, takrorlanadigan 500 dan ortiq funksiyalarni maqbullashtirish ham rejaga kiritilgan.
Bundan tashqari, mahalliy hokimliklarning har bir vazifa ijrosi, shuningdek, sarflanayotgan mablag‘lar yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter