Endi import qilingan dondan olingan unni eksport qilish mumkin

Donni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga o‘zlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishga ruxsat etildi.
2018-yil 1-sentabrdan donni qayta ishlovchi korxonalarning mahsulotlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan aylanma tushum hajmidan don qiymatini chiqarib tashlab hisoblash tizimi joriy etildi.
Shuningdek, 2019-yil 1-yanvariga qadar donni qayta ishlovchi korxonalar don, un va nonni sotishda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas