Endi iPhone lider emas. Yilning eng yaxshi smartfonlari ma’lum bo‘ldi

«Business Insider» nashri ekspertlari hozirda eng mashhur smartfonlarning afzalligu kamchiliklarini tahlil qilib, joriy yilning eng yaxshi 20 ta smartfoni reytingini tuzib chiqdi.
1-o‘rin — OnePlus 7T. Tasvirning tiniqligi, optimallashtirilgan OS, Snapdragon 855 Plus platformasi, har tomonlama mukammalligi e’tibordan chetda qolmadi. Bundan tashqari, ekspertlar mobilning uncha qimmat bo‘lmagan bahosiga ham ahamiyat qaratishdi — $600.
Biroq tanqidchilar ham fikr bildirishdi: simsiz quvvatlantirish va quloqchinlar uchun bo‘linma mavjud emas, displey esa kattaroq — 6,55 dyuym.
2-o‘rin «Olmali» gadjetlarga nasib etdi. Bu o‘ringa iPhone 11 munosib topildi. Ekspertlarga smartfonning narxi ($700), A13 chipi, intuitiv tushunarli OS, Applening boshqa jihozlari bilan mos kelishi, yaxshi kamerasi manzur bo‘ldi.
Ularga ekran o‘lchamining past (828 p) ekani, simsiz quvvatlantirish hamda quloqchinlar uchun bo‘linma yo‘qligi yoqmadi.
3-o‘rin — OnePlus 7 Pro. Tezkorligi, batareykasining quvvati, jadal quvvatlantirish jihozi, modelning dizayni va narxi — $670 yaxshi baholangan.
4-o‘rin — Google Pixel 3a va Pixel 3a XL ($400 va $470) smartfonlariga munosib ko‘rildi.
5-o‘rin — OnePlus 6T ($500 — 550).
6-o‘rin — Samsung Galaxy S10e ($650).
7-o‘rin — Apple iPhone XR.
8-o‘rin — Galaxy Note 10 Plus.
9-o‘rin — Galaxy S10.
10-o‘rin — iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max.
11-o‘rin — Samsung Galaxy Note 10.
12-o‘rin — Google Pixel 3 va Pixel 3 XL.
13-o‘rin — iPhone XS va iPhone XS Max.
14-o‘rin — Apple iPhone 8 va iPhone 8 Plus.
15-o‘rin — Samsung Galaxy S9 va S9 Plus.
16-o‘rin — Razer Phone 2.
17-o‘rin — Moto G7.
18-o‘rin — LG G8.
19-o‘rin — LG V40.
20-o‘rin — Apple iPhone X. Reytingga aynan u yakun yasab bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter