Endi «maymun chechagi» deyilmaydi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi (monkeypox) nomini o‘zgartirdi.
Bundan buyon ushbu kasallik mpox (monkeypox qisqartmasi) deb ataladi. JSST ushbu nom ingliz tili bilan birga, boshqa tillarda ham qo‘llanilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Eski nom («maymun chechagi») ba’zida irqiy va kamsitish maqsadlarida qo‘llanilgani uchun ham tashkilot kasallikni qayta nomlagan.
Eslatib o‘tamiz, mpox — xavfli virusli kasallik bo‘lib, shu yil qator mamlakatlarda tarqalgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter