Endi Osiyoda ham 1 trln dollarlik kompaniya bor

TSMC (Tayvan) Osiyo kompaniyalari orasida birinchi bo‘lib kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshgan kompaniyaga aylandi, deb xabar berdi Bloomberg.
Ta’kidlanishicha, kompaniya sun’iy intellekt davrida yetakchilikni saqlab qolishiga sarmoyadorlarning ishonchi bunda muhim ahamiyat kasb etdi.
18-iyuldagi savdolar yakuniga ko‘ra, TSMC kapital qiymati 29,82 trln yangi tayvan dollari (1,013 trln AQSh dollari)ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) — dunyodagi eng yirik yarimo‘tkazgichlar (chiplar) ishlab chiqaruvchisi. Apple va Nvidia kabi texnogigantlarning asosiy ta’minotchilaridan sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter