Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi O‘zbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi bilan Rossiyada mashina boshqarish mumkin

Endi O‘zbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi bilan Rossiyada mashina boshqarish mumkin

Foto: Norma.uz

O‘zbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi Rossiya Federatsiyasida tan olinadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilib o‘tdi.

«O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya IIVning Sverdlovsk viloyati Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bosh boshqarmasiga tayanib ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasida 2011 yil 28 martga qadar berilgan, amal qilish muddati belgilanmagan haydovchilik guvohnomalari Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 41-43-moddalari va 6-7-ilovalariga muvofiq Rossiya Fedratsiyasi hududida tan olinadi.

O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlariga muvofiq Bosh konsulxona mazkur masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qildi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring