Endi Rossiyaga faqat QR-kod bilan boriladi
![Endi Rossiyaga faqat QR-kod bilan boriladi](http://static.xabar.uz/crop/3/6/720_460_95_3635909745.jpg)
2021 yil 1 sentyabrdan O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga borish uchun «COVID-19siz sayohat» maxsus ilovasi orqali beriladigan QR-kodlarni taqdim etishlari kerak.
Aytilishicha, ilovadagi akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalardan birida 72 soatdan kechikmagan holda PSR-testlar topshiriladi. Ana shu analizlar aks etgan QR-kod chegaradan o‘tayotganda skaner qilinadi.
Rossiyaga yetib borgan fuqaro ushbu QR-kodni ish beruvchiga ham ko‘rsatishi lozim. Shundagina bexavotir ishlashi mumkinligi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter