Endi shortik kiygan haydovchilarga jarima solinadimi? Izoh berildi

Tarmoqda «Endi shortik kiyib avtomobil boshqargan haydovchiga GAI shtraf soladi. Kiyim kiyish estetikasiga ham haydovchilar uchun javobgarlik bormi?» nomli video tarqaldi.
16 aprel kuni Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani dehqon bozori yaqinida YPX xodimi A.O‘rinov me’yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida «Matiz» haydovchisini to‘xtatgan.
O‘zaro muloqot jarayonida YPX xodimi haydovchining kiyimiga e’tiroz bildirib, Yo‘l harakati qoidalari kitobining 55-56 sahifalarida haydovchi kiyim kiyish madaniyatiga rioya qilishi bo‘yicha band belgilanganligini ta’kidlab, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishi mumkinligini ham keltirib o‘tgan.
YHXBB izohiga ko‘ra, amaldagi Yo‘l harakti qoidalarida haydovchi transport vositasidan foydalanish va uni boshqarish vaqtida kiyim kiyish tartibi to‘g‘risida hech qanday izoh yoki tartib belgilanmagan. Haydovchiga noto‘g‘ri va asossiz ma’lumot yetkazgan YPX xodimi A.O‘rinovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter