Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi STIRdan butunlay voz kechiladi

Endi STIRdan butunlay voz kechiladi

2022 yil 9 apreldan to‘lov hujjatlariga jismoniy shaxslar STIR (yoki INN) o‘rniga JShShIRni kiritishadi. Bu haqda Markaziy bank matbuot kotibi ma’lum qildi.

Mijozlar tomonidan banklarga taqdim etiladigan to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga doir normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandi. Ushbu o‘zgartirishlar 9 aprelga qadar bosqichma-bosqich, undan so‘ng to‘liq tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur o‘zgartirishlar amaliyotga joriy qilingandan keyin barcha to‘lov hujjatlarida to‘lovchi – jismoniy shaxslarning STIRi (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) o‘rniga, to‘lov hujjatining «to‘lovchining identifikatsiya raqami» deb nomlangan rekvizitida ularning JShShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) ko‘rsatilishi majburiy hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, Markaziy bank tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar) to‘lovni amalga oshirish maqsadida to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirayotganda o‘zlarining JShShIRni to‘g‘ri va to‘liq kiritishlari zarurligini eslatgan.

Shuningdek, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ham to‘lov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini rasmiylashtirishda kontragentlar – jismoniy shaxslarning JShShIRlari to‘g‘ri kiritilayotganiga e’tiborli bo‘lishlari so‘ralgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring