Eng boy odam koinotga qarindoshi bilan uchmoqchi
Amazon asoschisi va bosh ijrochi direktori, 57 yoshli Jeff Bezos 20-iyul kuni ukasi bilan birga koinotga uchishini Instagramda yozib qoldirdi.
«Besh yoshimdan koinotga sayohat qilishni orzu qilardim. 20-iyul kuni ukam bilan ushbu sayohatga otlanaman. Eng yaqin do‘stim bilan zo‘r sarguzasht bo‘ladi», — dedi tadbirkor.
Milliarder Amazondan tashqari ushbu parvozni New Shepard kemasida tashkil qilayotgan Blue Origin kompaniyasiga ham egalik qiladi. Dunyoning eng boy odami bilan birga 12-iyunda yakuniga yetadigan kim oshdi savdosi g‘olibi ham koinotga chiqadi. Ishtirok etish uchun arizani 10-iyungacha topshirish kerak. Hozirga kelib dunyoning 143 mamlakatidan qariyb 6000 kishi kim oshdi savdosida ro‘yxatdan o‘tgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter