Eng ko‘p maosh oluvchi futbol murabbiyi kimligi aytildi
![Eng ko‘p maosh oluvchi futbol murabbiyi kimligi aytildi](http://static.xabar.uz/crop/5/9/720_460_95_596315744.jpg)
L’Equipe nashri talqiniga ko‘ra, «Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diyego Simeone dunyoda eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy hisoblanadi.
Fransiya nashri reytingida Simeone katta farq bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi - u yiliga 34 million yevro maosh oladi.
Eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar ro‘yxati (bir yillik maosh):
1. Diyego Simeone (Argentina, «Atletiko Madrid») – yiliga 34 million yevro
2. Pep Gvardiola (Ispaniya, «Manchester Siti») - 22,4
3. Yurgen Klopp (Germaniya, «Liverpul») - 17,8
4. Grem Potter (Angliya, «Chelsi») – 13,5
5. Massimiliano Allegri (Italiya, «Yuventus») - 12,8
6. Tomas Tuxel (Germaniya, «Bavariya) – 12
7. Karlo Anchelotti (Italiya, «Real») - 11
8. Simone Indzagi (Italiya, «Inter») – 10
9. Joze Mourino (Portugaliya, «Roma») – 9,2
10. Xabi Alonso (Ispaniya, «Bayer») – 5
11. Niko Kovach (Xorvatiya, «Volfsburg») - 4
12. Xavi (Ispaniya, «Barselona») - 3,8.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter